So‘nggi yangiliklar

Tog‘li qishloq o‘zgarishlari o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q

Mahallamizda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, odamlarning munosib…

“Kengashlarda raislar salmog‘i ko‘proq bo‘lishi kerak”

Joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha ikkinchi…

Mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga…

Soliq toʻlamasdan “yutish”, bevosita “yutqazish”ga olib keladiTadqiqot

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda jami iqtisodiy faol aholi…

Holat
-+=

Toshkentga tramvay qaytadimi?

— Keyingi paytda bot-bot Toshkentga yana tramvaylar qaytishi haqida gap-soʻzlar yangray boshladi. Bu qanchalik toʻgʻri?

Avaz SHODMONOV, Toshkent shahri, Chilonzor tumani.

Navroʻz ASHIRMATOV, Transport vazirligi axborot xizmati rahbari.

— Poytaxt aholisi yiliga 100 ming nafarga, transport vositalari soni 2022-yilda 76 mingtaga oʻsganini hisobga olsak, hozirda tirbandlik kuzatilayotgan asosiy transport arteriyalarimizga yuklama ortib borishini tushunamiz. Ayniqsa, bu yuklama oʻquv yili boshlanishida — sentyabr oyida yaqqol namoyon boʻladi.

Ayni shu omillar natijasida poytaxtga yana tramvaylarni qaytarish haqida takliflar boʻlayotgani haqiqat. Ammo bu birdaniga boʻladigan jarayon emas. Oʻziga xos tartiblari bor. Yaʼni aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, bir tomonga bir soat ichida harakatlanadigan jamoat transporti tashuv quvvatlariga asosan, turlari tanlanadi. Oldin oddiy avtobuslar, keyin alohida yoʻlaklarda harakatlanadigan kichik intervalli katta va 130 ta yoʻlovchiga moʻljallangan oʻta katta sigʻimli avtobuslar, talab yana ortib borganida esa bir vaqtning oʻzida 250 ta yoʻlovchi sigʻdiradigan zamonaviy tramvay tizimini, keyingi bosqichda bitta harakat tarkibida 1 200 tagacha yoʻlovchi sigʻdiradigan metro tizimlari joriy etiladi.

Hozirda oʻta katta sigʻimli avtobusga ega parkimiz boʻla turib, tirband boʻlgan koʻchalarda avtobus yoʻlaklari oʻrniga tramvay tizimini joriy etish toʻgʻri qadam boʻlmaydi. Sababi, geologiya tadqiqot ishlari, loyihalash keyin uzoq muddatli qurilish ishlarini olib borish 3-5 yilni talab etadi. Bu yerda bizga maʼlum oldingi tramvay haqida gap ketmayapti, yangi tramvay tizimi atrofdagi inshootlarga vibratsion taʼsir koʻrsatmaydigan, relslari choksiz va deyarli shovqinsiz harakatlanadigan, talab etiladigan hududlarda kontakt relslar orqali elektr quvvatlanib harakatlanish imkoniyatiga ega, 3 yoki 5 seksiyadan iborat, 250 ta yoʻlovchi sigʻimiga ega zamonaviy tramvay haqida gapiryapmiz. Yaʼni jarayonga insonlar uchun jamoat transporti rakursida qarashimiz zarur.

Hozirda mavjud holatni tahlil qilgan holda, birinchi navbatda, shahrimizning 13 ta muhim transport koridorlarida jamoat transporti uchun ustuvorlikni taʼminlash, yangi tramvay loyihalarini esa prognoz davrlarda aniq katta oqim boʻladigan yoʻnalishlardan boshlash, keyinchalik talabdan kelib chiqib, bu tizimni rivojlantirib borish maqsadga muvofiq boʻladi.

Ulashish
Hafta davomida
Ko‘p o‘qilganlar