So‘nggi yangiliklar

Tog‘li qishloq o‘zgarishlari o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q

Mahallamizda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, odamlarning munosib…

“Kengashlarda raislar salmog‘i ko‘proq bo‘lishi kerak”

Joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha ikkinchi…

Mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga…

Toshkentga tramvay qaytadimi?

Navroʻz ASHIRMATOV, Transport vazirligi axborot xizmati rahbari. — Poytaxt aholisi yiliga 100 ming…

O'ng Tadqiqot
-+=

Soliq toʻlamasdan “yutish”, bevosita “yutqazish”ga olib keladiTadqiqot

Bu mablagʻ hisobiga 500 oʻquv oʻrinli 4 100 ta maktab qurish yoki barcha hududlardagi taʼlim oluvchilarni sifatli taʼlim bilan qamrab olish uchun mavjud 10 522 ta maktabning moddiy-texnik bazasini zamonaviy oʻquv anjomlari bilan taʼminlash mumkin

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda jami iqtisodiy faol aholi 14,98 million kishini tashkil qilgan. Undan jami 13,7 million kishi ish bilan band boʻlib, ularning 6,5 million (47 foiz) nafari rasmiy sektorda band.

Iqtisodiy faol aholi, bu — iqtisodiyotda band boʻlganlar va ishsizlarni oʻz ichiga oladi. Bunga talabalar, bola parvarishi bilan “dekret” taʼtilida oʻtirganlar va oʻz xohishiga koʻra ishlamaydiganlar kirmaydi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari Oʻzbekistonda norasmiy bandlik holatini tahlil qildi. Unga koʻra, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha jami norasmiy sektorda band boʻlganlarning eng katta ulushi, yaʼni 34 foizi qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida mehnat qiladi. Xuddi shu koʻrsatgich savdoda 14 foiz, qurilishda 14 foiz va sanoatda 11 foizni tashkil etadi.

Norasmiy bandlar, bu — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan korxonalarda ishlaydigan ishchilar. Ushbu toifaga mehnat munosabatlarini roʻyxatdan oʻtkazmasdan ishlaydigan xufyona sektor vakillaridan tashqari, roʻyxatdan oʻtmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilganlar va ularning ishchilari kiradi.

Taʼkidlash joizki, norasmiy sektorning kattaligi hukumatlarga iqtisodiy siyosatni samarali amalga oshirish va iqtisodiyotni tartibga solishda qiyinchilik tugʻdiradi. Misol uchun, mazkur sektorda band boʻlganlar sohalar kesimida rasmiy sektorda band boʻlganlar bilan bir xil miqdorda ish haqi oladi, deb faraz qilinsa, 2022-yilning oʻzida 9 milliondan oshiq aholi norasmiy sektorda band boʻlgani hisobiga davlat byudjetiga soliq koʻrinishida 32,9 trillion soʻm mablagʻ kelib tushmagan.

Byudjet mablagʻlarining yarmidan koʻpi ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilishi inobatga olinsa, bu mablagʻ hisobiga 500 oʻquv oʻrinli 4 100 ta maktab qurish yoki barcha hududlardagi taʼlim oluvchilarni sifatli taʼlim bilan qamrab olish uchun mavjud 10 522 ta maktabning moddiy-texnik bazasini zamonaviy oʻquv anjomlari bilan taʼminlash mumkin.

Yoki boʻlmasa, 3 737 ta ambulator tibbiy muassasa qurish, tibbiy xodimlar oylik maoshini 7,8 million soʻmga, oʻqituvchilarning oylik maoshini 7,2 million soʻmga yetkazish mumkin boʻlardi. Koʻrinadiki, tegishli soliqlarni toʻlamasdan biroz koʻproq daromad olish orqali “yutish” bevosita boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdagi “yutqazish”ga olib kelmoqda.

Taʼkidlash joizki, oxirgi yillarda Oʻzbekistonda norasmiy sektorda band boʻlganlar soni maʼlum darajada (2020-yildagi 43 foizdan 2022-yilda 40 foizga) pasaydi. Bunda oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, soliq sohasida qulayliklar yaratish, tadbirkorlikni raqamlashtirish va rivojlantirish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etilgani ahamiyatli.

Eng muhimi, har birimizning rasmiy faoliyat yuritish borasidagi qarorimiz oʻzimizga va jamiyatga yuqoridagi kabi qator afzalliklar berishini, hayotimizni sifat jihatdan yaxshilanishiga hissa qoʻshishini yodda tutishimiz lozim.

Muhammad Ali IBROHIMOV

Ulashish
Hafta davomida
Ko‘p o‘qilganlar