So‘nggi yangiliklar

Tog‘li qishloq o‘zgarishlari o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q

Mahallamizda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, odamlarning munosib…

“Kengashlarda raislar salmog‘i ko‘proq bo‘lishi kerak”

Joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha ikkinchi…

Mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga…

Toshkentga tramvay qaytadimi?

Navroʻz ASHIRMATOV, Transport vazirligi axborot xizmati rahbari. — Poytaxt aholisi yiliga 100 ming…

Tashabbus
-+=

“Tashabbusli byudjet”da qanday gʻolib boʻlish mumkin?

Mahallamiz bu yil ketma-ket 3-marta gʻoliblar safidan joy oldi. Umumiy hisobda 6 ta tashabbusli loyihaning gʻolibi boʻlganmiz

Darhaqiqat, shunday. Norin tumanidagi “Uchtepa” mahallamiz “Tashabbusli byudjet” tanlovida muntazam qatnashib, hozirgacha umumiy hisobda 6 ta loyihada gʻolib boʻldi. Eʼtiborlisi, mahallamizda jami 18 km. ichki koʻcha boʻlsa, bugunga kelib, 95 foizi aynan yuqoridagi loyiha evaziga asfaltlandi.

Tashabbusning joriy yilgi 1-mavsumida 2 ta loyiha bilan qatnashib, eng koʻp ovoz toʻpladik. Birinchi loyihaga koʻra, Obod va Nafosat koʻchalariga yangi simyogʻoch, 250 kVt.li yangi 4 ta transformator oʻrnatish, kabel tortish, ikkinchisida Billur koʻchasini asfaltlash imkoniga ega boʻldik. Ikki loyihamiz uchun byudjetdan 2 milliard 345 million soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.

Shu kungacha jami 6 milliard 300 million soʻm mablagʻ yutib oldik. Birinchi loyiha asosida “Mening yoʻlim” dasturida 2 ta, yaʼni Billur va Obod koʻchamizning 2 km. 300 metr qismi asfaltlanishiga erishdik. Buning uchun 1 milliard 150 million soʻm ajratildi. Ikkinchi gʻoliblikda Doʻstlik va Obod koʻchasining 4 km. 600 metr masofasini asfaltlash uchun 1 milliard 200 million soʻm mablagʻga ega boʻldik.

Navbatdagi tanlovga oqova suv muammosini hal etish tashabbusini qoʻymoqchimiz. Bundan tashqari, hashar yoʻli bilan toza ichimlik suv tarmogʻi, oʻtish koʻpriklarini bunyod etdik.

Mendan bu natijalarga qanday erishayotganimizni soʻrashadi. Yagona sabab — aholini bir maqsad yoʻlida birlashtira olyapmiz.

Yaqinda homiylar yordamida hashar yoʻli bilan tez tibbiy yordam binosini qurib bitkazdik. Buning uchun 195 million soʻm mablagʻ sarfladik. Oʻz navbatida tuman tibbiyot birlashmasi mahallamizga “Damas” avtomashinasi sovgʻa qildi. Muhimi, yillar davomida hal boʻlmayotgan muammoga aholining saʼy-harakati bilan yechim topdik. Bu — bir maqsad yoʻlida birligimizdan.

Dilshod ShERALIYEV,

Namangan viloyati Norin tumanidagi

“Uchtepa” mahallasi raisi.

Ulashish
Hafta davomida
Ko‘p o‘qilganlar