So‘nggi yangiliklar

Tog‘li qishloq o‘zgarishlari o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q

Mahallamizda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, odamlarning munosib…

“Kengashlarda raislar salmog‘i ko‘proq bo‘lishi kerak”

Joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha ikkinchi…

Mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga…

Toshkentga tramvay qaytadimi?

Navroʻz ASHIRMATOV, Transport vazirligi axborot xizmati rahbari. — Poytaxt aholisi yiliga 100 ming…

Ko‘zgu
-+=

Kambagʻallarga keshbek — bu samara beradimi?

Keshbek oʻrniga yuqorida nomlari koʻrsatilgan mahsulotlar uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga maʼlum miqdorda kompensatsiya toʻlanishi ham oson, ham samarali boʻladi

SAVOL: “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, 1-maydan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga goʻsht, yogʻ va tuxum sotib olganlik uchun 12 foiz keshbek qaytariladi. Xoʻsh, u qanday tartibda amalga oshiriladi?

JAVOB?

Davlat soliq qoʻmitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boshqarmasi boshligʻi Dildora Hoshimova:

— Prezident qaroriga asosan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek oʻrniga 12 foiz QQS qaytariladi. Buning uchun “Soliq” ilovasida Face ID orqali roʻyxatdan oʻtib, xarid chekini skanerlash kerak.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da boʻlishi, sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kirishi, tadbirkorning QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi zarur. Reestrdagi isteʼmolchi QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga, boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib, chekni roʻyxatdan oʻtkazganda, imtiyoz belgilangan mahsulotlar uchun 12 foiz, boshqa turdagi tovarlar uchun 1 foiz keshbekka ega boʻladi. Tadbirkor QQS toʻlovchisi boʻlmasa, barcha mahsulotlar uchun hozirgidek 1 foiz keshbek qaytariladi. QQS summasi keyingi oyning 25-sanasidan soʻng “Soliq” mobil ilovasi orqali toʻlab beriladi.

MUAMMO: yuqoridagilar tushunarli, mazkur amaliyot orqali “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan aholiga yogʻ, tuxum va goʻsht xarididan QQS qaytarish orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratilishi aytilyapti. Biroq biz(kim?)ni masalaning boshqa tomoni oʻylantiryapti:

  • birinchidan, Yagona reestrga, asosan, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar kiritiladi. Bu vaziyatda ularda “Soliq” ilovasini yuklab, Face ID orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyati boʻlarmikan? Bu toifadagi oilalar smartfon, internet ishlatadimi? Ayniqsa, qishloq joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar oddiy sensorsiz, qoniqarli kamerasiz, tugmali telefon ishlatadi;
  • ikkinchidan, shahar va tuman markazlarini hisobga olmasa, aksariyat qishloqda yashovchi kambagʻal aholi, asosan, dehqon bozorlaridan oziq-ovqat xarid qiladi. Bozorlarda esa hali xarid uchun deyarli chek berilmaydi. Supermarket, chek beruvchi doʻkonlardan savdo qilmagan kishi bu imtiyozdan foydalana olmasligi turgan gap;
  • uchinchidan, keshbek miqdori kam va bu odamlarni qiziqtira olmasligi mumkin. Misol uchun, doʻkondan 100 ming soʻmlik imtiyozli mahsulot xarid qilinganda, 12 ming soʻm qaytariladi, xolos.

Yuqoridagilardan koʻrinadiki, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga qandaydir imtiyoz, qulaylik yaratilar ekan, bu oʻrinda faqat poytaxt yoki viloyatlar, tumanlar markazidagi aholi emas, qishloq joylardagi fuqarolar imkoniyatlari ham hisobga olinmogʻi darkor. Zero, goʻsht, tuxum va yogʻ mahsulotlari uchun keshbek qaytarilishidan faqatgina shaharda yashovchilar manfaatdor boʻla oladi, xolos.

TAKLIF: Agar davlat kambagʻal aholi qatlamiga koʻmak berishni maqsad qilar ekan, buni qandaydir moddiy koʻrinishda bergani maʼqul shekilli. Misol uchun, hozirda ayrim toifadagi shaxslarga oziq-ovqat xaridi uchun kompensatsiya toʻlanadi. Bu nafaqa, pensiyaga qoʻshib beriladi. Shundan kelib chiqib, keshbek oʻrniga yuqorida nomlari koʻrsatilgan mahsulotlar uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga maʼlum miqdorda kompensatsiya toʻlanishi ham oson, ham samarali boʻladi.

Ulashish
Hafta davomida
Ko‘p o‘qilganlar