So‘nggi yangiliklar

Tog‘li qishloq o‘zgarishlari o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q

Mahallamizda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, odamlarning munosib…

“Kengashlarda raislar salmog‘i ko‘proq bo‘lishi kerak”

Joylarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha ikkinchi…

Mahallalarda “yettilik” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga…

Toshkentga tramvay qaytadimi?

Navroʻz ASHIRMATOV, Transport vazirligi axborot xizmati rahbari. — Poytaxt aholisi yiliga 100 ming…

Nigoh
-+=

Davlat dasturida mahallaga oid qanday oʻzgarishlar bor?

— Har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlarida mahalla tizimiga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, 2022-yilda “Faol mahalla modeli”, “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etildi. Xoʻsh, 2023-yilgi Davlat dasturida mahallaga oid qanday vazifalar mavjud?

Otaqul MUHAMMADIYEV, Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Kichik Xirmontepa” mahallasi raisi.

Elmurod QARSHIYEV, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi masʼul xodimi:

— 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi koʻra:

  • 2023-yilda fuqarolarning oʻz mahallasi hayotidagi ishtiroki kuchaytiriladi hamda davlat organlari va mahallalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun “Raqamli mahalla” markazini tashkil etish hamda “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimini joriy qilish koʻzda tutilmoqda. Axborot tizimiga ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga koʻrsatilgan yordam haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi;
  • davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatishning zamonaviy shakllari joriy etiladi. Unga koʻra, mahalla raisi tomonidan aholi eʼtirozlariga eng koʻp sabab boʻlayotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar oʻtkaziladi. Har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborotlari eshitiladi;
  • “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi soʻrovi” institutlari joriy qilinadi. Davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar berish, davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, eshituvi, monitoringi, ekspertizasini oʻtkazish, jamoatchilik fikrini oʻrganish tartiblari ishlab chiqiladi. Bunga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Adliya vazirligi javobgar;
  • mahallalarning hududi, maydoni, infratuzilmasi, chegarasi aks etgan xaritasi, xonadonlarning joylashuvi, raqamlari va koʻcha nomlarining yagona bazasi Qolaversa, 40 turdagi maʼlumotlarning yagona bazasi shakllantiriladi. Bosh ijrochi — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  • mahallalarga tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish huquqi Qolaversa, mahallalar tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etishlari mumkin boʻladi;
  • har bir mahallaning “oʻsish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining ehtiyojidan kelib chiqib, mahallalar qoshida tadbirkorlik subyektlari tashkil etiladi;
  • Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha 2023-2025-yillarga moʻljallangan manzilli dastur ishlab chiqiladi hamda xizmat binosida muammosi boʻlgan 2 327 ta mahalla uchun bino quriladi. Bosh ijrochi — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  • “Mahalla institutining Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini qaror topishidagi oʻrni va roli: kecha, bugun va ertaga” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya, “Mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro forum oʻtkaziladi.
Ulashish
Hafta davomida
Ko‘p o‘qilganlar